Abulbaqo ibn Bahouddin

Abulbaqo ibn Bahouddin – (16-asr 1-yarmi-17-asr 1-choragi) tarixchi. Xoja Ahmad ibn Jaloliddin Kosoniy (Maxdumi A’zam)ning nabirasi bo’lib, Abdulazizxon (1540-49) saroyida kichik davlat lavozimi (hukmgir)da turgan. U bobosiga atab “Jome ul-maqomoti Maxdumi A’zam” (“Mahdumi a’zam maqomotining majmui”) kitobini yozgan (1617). Asarda Maxdumi A’zamning hayotiga oid ma’lumotlardan tashqari, Movarounnahrning 16-asr 1-yarmidagi iqtisodiy va siyosiy ahvoli hamda shayboniylar bilan Eron o’rtasidagi munosabatlarga oid qimmatli ma’lumotlar bor.