ABULFAZL MUHAMMAD SAMARQANDIY

ABULFAZL MUHAMMAD SAMARQANDIY (Imom Abulfazl Muhammad ibn Abduljalil ibn Abdulmalik ibn Ali ibn Haydar) (12-asr) — tarjimon, tarixchi. Abulfazl Muhammad Samarqandiy ustozi Najmuddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiy as-Samarqandiyning «Kitob ul-qand Fi tarixi Samarqand» («Samarqand tarixi haqida qand kitob») nomli Arab tilidagi asarini fors tiliga qisqartirib tarjima qilgan va uni «Qandiyayi Xurd» («Kichik Kandiya») deb atagan.