«ABUMUSLIMNOMA»

«ABUMUSLIMNOMA» -10-11- asrlarga oid jangnoma. Fors tilida yozilgan, keyinchalik Arab, turkiy tillarga tarjima qilingan. Abu Muslim (Xuroson va Movarounnahr amiri) haqidagi rivoyat va afsonalardan iborat. Muallifi Abu Tohir Tarsusiydir. “Abumuslimnoma” qadimiy qissa uslubida yozilgan bo’lib, unda afsonaviy timsollar, 10 — asrda taraqqiy topgan sharqona yer yigitlik (futuvvat, bag’ri kenglik) xususiyatlari va talablari o’z aksini topgan. Asar Eron, Turkiya, ayniqsa, Turkistonda katta Shuhrat qozongan. Turkistonda uning ayrim qismlari asosida mustaqil yirik asarlar («Zamchinoma» va boshqalar) yaratilgan. “Abumuslimnoma” ning o’zbek tilida nashr etilgan nusxalari (masalan, «Abu Muslim jangnomasi», 1992) va boshqalar ham bor.