ABUSAID MAHZUM
ABUSAID MAHZUM (19 — asrning 2- yarmi — 20 — asr boshlari) — samarqandlik o’lkashunos, xattot, Sharq qo’lyozmalari bilimdoni. V. L. Vyatkinning ko’ngilli yordamchilaridan bo’lgan, Abusaid Mahzum Vyatkinga Ulug’bek rasadxonasi haqidagi xalq rivoyatlarini to’plashda yaqindan yordam bergan va ana shu rasadxona haqidagi Sharq qo’lyozmalarida yozilgan ma’lumotlarni axtarib topib, tayyor holda ko’chirib bergan. Ulug’bek rasadxonasi joylashgan yerni aniqlab olishda, bu yerda qazishma ishlarini olib borishda Abusaid Mahzumning yordami juda katta bo’lgan.