ABXAZ TILI
ABXAZ TILI — Abxaziyada yashovchi abxazlar tili. Kavkaz (iberiy-Kavkaz) tillarining Abxaz-Edigey guruhiga kiradi. Abxaz tilida 70 mingdan ko’proq kishi so’zlashadi. 2 asosiy dialekti — abjuy (adabiy tilga asos bo’lgan) va Bzib bor. Abxaz tilidada undosh fonemalar juda ko’p. Unlilar tizimi oddiy. Turlanish kam taraqqiy etgan. Lug’atidagi ko’p so’zlar bir bo’g’inli o’zakdan iborat. 19 — asrning 60 yillaridan Abxaz tilida yozuvini yaratish uchun intilishlar bo’ldi. 1862 yilda P. K. Uslar Abxaz tilida uchun kirill-rus grafikasi asosida alifbo tuzdi. 1926 yilda u tizimi N. Ya. Marrning analitik alifbosi biln almashtirildi. Abxaz tilida 1928 yildan lotin, 1938 yildan gruzin, 1954 yildan yana kirill-rus grafikasi asosidagi yozuvga ko’chdi.