ABZALOV Rem Abzalovich kim bo’lgan?

ABZALOV Rem Abzalovich (1914 — Toshkent — 1983) — 2-jahon urushi qatnashchisi. O’qchi rotaga komandirlik qilgan (1942-45). Abzalovga Vengriyada, 1944 yilning oktabr oyida Dunay bo’yidagi Dunapatay rayoni uchun bo’lgan janglarda ko’rsatgan jasorati uchun qahramon unvoni berilgan. Urushdan so’ng Toshkentga qaytgach, tuman harbiy komissariatida (1945-60), Toshkent elektrotexnika texnikumida (1969) ishlagan. Toshkentdagi Harbiylar qabristonining qahramonlar xiyoboniga dafn etilgan.

Добавить комментарий