ACHCHIQO’T

ACHCHIQO’T (Chrorophora sabulosa) — sutlamadoshlar oilasiga mansub, bo’yi 8 — 15 santimetr, keng shox-shabbali bir yillik o’t. Barglari tuxumsimon yoki to’garak, bo’yi 2,3 — 3, eni 1,6 — 2,8 santimetr. Mevasi (ko’sagi) ning bo’yi 4 — 4,5, eni 5 — 6,5 millimetr. Urug’i silliq, bo’yi 3 — 3,5, eni 2 — 2,3 millimetr. Aprel—iyulda gullaydi va meva beradi. Achchiqo’t O’rta Osiyoda va Orol bo’yi tekisliklarida o’sadi. Toshkent, Farg’ona, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog’istondagi qum uyumlarida tarqalgan. Achchiqo’tdan surgi sifatida foydalaniladi.