ADAPAZARI
ADAPAZARI — Turkiyaning shimoliy- g’arbidagi shahar, Sakariya daryosi sohilida. Sakariya elining ma’muriy markazi. Aholisi 171 ming kishi (1990). Temir yo’l stantsiyasi, avtomobil yo’llari tuguni. Qishloq xo’jalik rayonining savdo-sanoat markazi (g’alla, sabzavot, parranda). Mashinasozlik, oziq-ovqat (jumladan, shakar-qand), kimyo, oynashisha, yog’ochsozlik sanoati korxonalari bor.