ADAPTATSION SINDROM
ADAPTATSION SINDROM (umumiy adaptatsion sindrom) —. Kuchli ta’sirot (stressor)ga javoban odam va hayvonlar organizmida ro’y beradigan himoya reaktsiyalari majmui; bu reaktsiyalar buzilgan muvozanatni kayta tiklash va organizmning ichki muhiti (gomeostaz)ni bir maromda saqlash imkonini beradi. Buyrak usti bezlari po’stloq qavatining qalinlashishi, ular sekretor faoliyatining tezlashishi, ayrisimon bez (timus), taloq, limfa tugunlarining kichrayishi, qon tarkibining o’zgarishi (leykositoz, limfopeniya), moddalar almashinuvining buzilishi Adaptatsion sindromning asosiy belgilaridir. Adaptatsion sindromning vujudga kelishida uch bosqich (himoya kuchlarini ishga solish, rezistentlik, futurdan ketish) farq qilinadi. Adaptatsion sindromning oxirgi bosqichi organizmga uzoq, muddat davomida zararli omillar (fizik, kimyoviy, biologik, ruhiy) ta’sir etishi natijasida ro’y beradi va bu o’limga olib boradi.