ADELAIDA
ADELAIDA — Avstraliya Ittifoqining Janubdagi shahar. Janubiy Avstraliya shtatining ma’muriy markazi. Aholisi shahar atrofi bilan 1,1 million kishi (1991). Torrens daryosi kesib o’tadigan qurg’oqchil sertepa joyda. 1836 yilda bunyod etilgan. Adelaida— mamlakatning eng yirik sanoat markazi va portlaridan biri. 2-jahon urushigacha Adelaida da asosan oziq-ovqat sanoati (un tortish, meva konservalash, vino sanoati), to’qimachilik, tikuvchilik va poyabzal sanoati rivojlangan edi. Mashinasozlik, elektronika, elektrotexnika sanoatining yirik markazi. Kime, neftni qayta ishlash va kemasozlik, quvur prokati korxonalari, universitet, rasadxona (1874), agrar institut (1924), konservatoriya, badiiy va tabiat tarixi muzeylari, suratlar galereyasi bor.