ADENAUER

ADENAUER Konrad (1876.5.1, Kyoln — 1967.19.4, Bonn) — Germaniya Federativ Respublikasi davlat arbobi. 1917-33 yillarda Kyoln shahrining oberburgomistri. 1920-32 yillarda Prussiya davlat Kengashining raisi. «Markaz» katolik partiyasining arbobi. 1946 yil (dastlab, Angliyaning Germaniyadagi okkupasiya zonasida, so’ngra butun G’arbiy Germaniyada) tuzilgan xristian-demokratlar Ittifoqi (XDI) partiyasining raisi, Germaniya Federativ Respublikasi kantsleri (Bosh vaziri 1949-63; 1954-55 yillarda u tashqi ishlar vaziri lavozimida ham bo’lgan). Adenauer 1954 yil Parij bitimlariga imzo chekib, Germaniya Federativ Respublikasining NATO ga a’zo qilib olinishiga erishdi. Adenauer nomida xalqaro jamg’arma mavjud.