ADENOZIN

ADENOZIN (Adenosinum), Cl0H35N5O4 — adenin va riboza uglevodidan tashkil topgan nukleozid. Rangsiz kristall modda. Molekulyar modda 267,1. Suyuqlanish temperaturasi 229°. Suvda yaxshi eriydi, organik erituvchilarda erimaydi. Adenozin kuchsiz ishqoriy xossaga ega. Adenozin nuklein kislotalarni ishqor bilan gidrolizlab yoki adenozintrifosfat kislotalan bitta fosfat kislota qoldig’ini ferment ta’sirida parchalab chiqarish nuli bilan olinadi. Adenozinni sintez qilib ham olish mumkin. Adenozin odatda nuklein kislotalar va adenin nukleozidlari tarkibida uchraydi. Yurak faoliyatini kuchaytiradi.