ADIROVICH

ADIROVICH Emmanuil Ilich (1915, Melitopol, Ukraina — 1973, Toshkent) — fizik olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1962). Moskva davlat universitetini tugatgan (1940). Moskva neft institutida (1944- 49), P.N. Lebedev nomidagi Fizika instituti (Moskva)da (1949— 1962) ishlagan. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika institutida bo’lim mudiri (1962-1973). Ilmiy ishlari qattiq jismlar fizikasiga oid. Adirovich kristallar lyuminessentsiyasining zonaviy nazariyasi asoschilaridan biri, qattiq jismlarda elektr jarayonlari kinetikasiga doir masalalarni hal qilishning kvazistasionar usuli tashabbuskori, fotoelektretlarda elektron qutblanish va kutbeizlanish qonunini kashf etdi.