ADLIYA VAZIRLIGI
ADLIYA VAZIRLIGI – ijrochi hokimiyatning organi, adliya sohasida boshqaruvni amalga oshiradi hamda ushbu sohadagi ijroiya hokimiyati organlari olib borayotgan faoliyatni muvofiqlashtiradi. Adliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilar: adliya sohasida davlat siyosatini amalga oshirish; shaxs va davlatning huquq va qonuniy manfaatlarini ta‘minlash, aqliy mulkni sudlar faoliyati tartibi bilan belgilangan huquqiy himoyasini ta‘minlash, sud yoki boshqa huquq organlarining jinoiy jazolar bo’yicha aktlarini bajarish.