ADMIRALTEYSTVO
ADMIRALTEYSTVO — 1) (eski ma’nosi) kemalar quriladigan, qurollantiriladigan va ta’mirlanadigan joy; 2) flotni boshqarish idorasi. Rossiyada 1718 yil tashkil etilgan Admiralteystvo kollegiyasi 1802 yildan boshlab Dengiz kuchlari vazirligi deb atalgan. 1827 yil u Admiralteystvolar Kengashiga aylantirilib 1917 yilgacha mavjud bo’lgan. Angliyada Admiralteystvo hozirga qadar mavjud; 3) Sankt-Peterburg me’morligining mashhur namunasi hisoblangan bino. 1704 yil Pyotr I tomonidan qurdirilgan. Admiralteystvo rus ustalari F. F. Shchedrin, I. I. Te-rebenyov va boshqalarning nodir haykaltaroshlik asarlari bilan bezatilgan; 4) Buyuk Britaniyada harbiy-dengiz kuchlarini boshqaruvchi va qo’mondonlik qiluvchi oliy organ.