ADMIRALTEYSTVO OROLLARI
ADMIRALTEYSTVO OROLLARI — Tinch okeandagi vulkan va marjon orollari; Bismark arxipelagida. PapuaYangi Gvineya tarkibida. Maydoni 2072 kilometr kvadrat (eng katta oroli Manus oroli — 1554 kilometr kvadrat). Asosiy shahri — Lorengau. Aholisi qariyb 40 ming kishi, asosan papuaslar. Eng baland joyi 719 metr (Manus orolida). Orollar o’rmon bilan qoplangan. Kokos palmasi o’stiriladi, baliq ovlanadi. Admiralteystvo orollarini 1527-29 yillarda ispan dengizchisi A. Saavedra kashf etgan.