ADVOKATURA
ADVOKATURA — advokatlarning uyushgan ko’ngilli jamoat tashkiloti. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 116-modda 2-qismida sud va tergov ishio’i yuritish har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanishi, fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) yuridik yordam berish uchun advokatura faoliyat ko’rsatishi belgilangan. Advokatura tashkil etish va ish tartibi qonun bilan belgilanadi. «Advokatura to’g’risida»gi qonunda (1996 yil 27 dekabr) ta’kidlanishicha, Advokatura — huquqiy muassasa hisoblanib, u advokatlik faoliyati hamda xususiy advokatlik amaliyoti bilan shug’ullanuvchi ayrim shaxslarning mustaqil, ko’ngilli, kasbiy birlashmalarini o’z ichiga oladi, O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yuridik yordam ko’rsatadi, o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 3-bobida ko’rsatilgan Konstitusiya va qonunning ustunligi to’g’risidagi printsip hamda mustaqillik va boshqa demokratik printsiplar asosida amalga oshiradi. Advokatlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beruvchi litsenziyani belgilangan tartibda olgan shaxs o’z advokatlik byurosini ochib yakka tartibda faoliyat ko’rsatishga yoxud IX — tiyoriylik asosida boshqa advokatlar (sheriklar) bilan hay’atlar va firmalar tuzishga qaqdidir. Advokatlar byuro, hay’at va firmalari, shuningdek, advokatlar birlashmalari Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari Adliya boshqarmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda ro’yxatga olinadi. Advokatlar byuro, hay’at va firmalarini tuzish, ular tuzilishi, shtatlari, vazifalari, mablag’ sarflash tartibi, rahbar organlarining vakolatlari, ularni saylash tartibi hamda advokatlar byuro, hay’at va firmalarining faoliyatiga doir boshqa masalalar ularning ustavlari (nizomlari) bilan tartibga solib turiladi. Advokatura notijorat tashkilotdir va faoliyatni o’z mablag’lari hisobidan amalga oshiradi. Advokatura mablag’lari, davlat bilan Advokatura o’rtasidagi o’zaro munosabatlar «Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida (1998 yil 25 dekabr) belgilab berilgan. Advokaturalar qonunda belgilangan tartibda advokatlarning jamoat birlashmalarini tuzishi mumkin.