Afrasiyab qadimiy xarobasi haqida eshitganmisiz?

Afrasiyab qadimiy xarobasi haqida eshitganmisiz? – Samarqandning qadimiy xarobasi. Xalq orasida Afrasiyab afsonaviy shaxs (qahramon, podsho) sifatida mashhur bo’lib keldi. M.Koshg’ariy va Yusuf Xos Hojib bergan ma’lumotlarga ko’ra, Afrasiyob turkiy xalq haqoni bo’lib; Olp Artunga nomi bilan mashhur emish. Firdavsiyning “Shohnoma”sida u turonlik qahramon va sarkarda sifatida ta’riflanadi. Umuman, keyingi davr tadqiqotchilari ham Afrasiyob tarixiy shaxs, toponim uning nomi bilan bog’liq deb qaramoqdalar. Ammo, V.A.Livshitsning aytishicha toponim so’g’d tili asosida vujudga kelgan bo’lib, Parshava shaklida bo’lgan, ya’ni “Qora daryo usti, Qora daryo yuqorisi” demakdir. Keyinchalik Parsiyob deya talaffuz qilingan, asta-sekin Afrasiyob bo’lib ketgan.

Добавить комментарий