Afrodita

Afrodita-yunon afsonasida dastlab hosildorlik, keyinroq sevgi va go’zallik ma’budasi. Afrodita dengiz xudosi va dengiz sayohatchilarining homiysi ham edi. Afsonalarga qaraganda, Afrodita dengiz ko’pigida tug’ilgan. Afroditaga sig’inish oldin Kichik Osiyo, Kipr oroli va boshqa orollarda keng yoyilgan bo’lsa, keyinroq Bolqon yarimoroli va Yunonistonga tarqalgan. Afrodita qadimgi rimliklarda Venera deb yuritilgan.