Afsonak nimani anglatishini bilasizmi

Afsonak nimani anglatishini bilasizmi – (thermopsis R.Br.) dukkakdoshlar (Fabaceae (Legnminosae)) oilasiga mansub, bo’yi 10-90 sm ga yetadigan ko’p yillik o’t o’simlik. Tibbiyotda uch turning yer ustki qismi va urug’i ishlatiladi. T.lansetniy (mshatnik (Th.lanceolata R.B.)) – nishtarsimon afsonak: T.ocherednosvetkoviy (Th.allerniflora Rgl.et Schmalh.) – ketma-ket gulli afsonak va T.turkestanskiy (Th.turkestanica Gand.) – Turkiston afsonagi. Markaziy Osiyodagi qora, sho’r tuproqli hamda qumloq yerlarda, tog’ bag’irlarida, mayda shag’alli qiyaliklarda, begona o’t sifatida bug’doyzorlar orasida o’sadi. Ular zaharli bo’lib, tarkibida alkaloidlar, saponinlar, glikozid, smolalar, shilliq, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Dori preparatlari damlamasi, suyuq va quruq ekstraktlari, sitizin alkaloidi surunkali bronxit va zotiljam kasalliklarida balg;am ko’chiruvchi vosita sifatida foydalaniladi. Tibbiyotda ildizpoyasi ishlatiladi. Tarkibida efir moyi, akorin achchiq glikozidi, ko’p miqdorda kraxmal, smola, alkaloid, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Dori preparatlari (kukuni, damlamasi) xushbo’y achchiq vosita sifatida ishtaha ochish, ovqatni yaxshi hazm qilish uchun, ba’zan buyrak, jigar va o’t pufagi kasalliklarida siydik va o’t haydovchi sifatida qo’llaniladi. Oddiy igir ildizpoyasi achchiq surma (nastoyka) va me’da-ichak kasalliklarida ishlatiladigan choylar – yig’malar. Zdrenko yig’masi, me’da, o’n ikki barmoq ichak yarasi kasalliklarida qo’llaniladigan “Vikalin”, “Vikair” v “Olimetin” preparatlari tarkibiga kiradi.

Добавить комментарий