AGAMASIMONLAR

AGAMASIMONLAR (Agamidae) -kaltakesaklar kenja turkumi tangachalilar turkumiga mansub sudralib yuruvchilar oilasi. Agamasimonlarning boshi uchburchak yoki to’garak shaklda, ustki tomondan mayda tangachalar yoki burtmachalar bilan qoplangan. Tanasi yapaloq (yerda yashovchi Agamasimonlar) yoki ikki yon tomondan siqiq (daraxt Agamasimonlar), oyoqlari va dumi yaxshi rivojlangan, ko’z qorachig’i to’garak shaklda. Ko’pchilik Agamasimonlar tishlarining tashqi ko’rinishi sut emizuvchilarnikiga o’xshaganligi uchun ularni soxta kurak, qoziq va oziq tishlilarga ajratiladi. Agamasimonlarning 34 uruqqa bo’linadigan 300 ga yaqin turi ma’lum. Afrika, Janubiy va Markaziy Osiyoda, ayrim turlari Janubiy-Sharqiy Yevropa, Avstraliya va Polineziyada tarqalgan. O’zbekistonda agamalar va to’garakboshlilar urug’lariga mansub 15 ga yaqin turi tarqalgan. Ochiq dasht, cho’l va toshloq joylarda yashaydi.