Agava nimani anglatishini bilasizmi
Agava nimani anglatishini bilasizmi – chuchmomadoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’simliklar turkumi. 300 dan ortiq turi ma’lum bo’lib, ularning bir qismi manzarali va texnika o’simliklari sifatida ekiladi. Vatani – Markaziy Amerika, Meksika, MDHda Kavkazning Qora dengiz sohillarida, Qrimda va Markaziy Osiyo respublikalarida manzarali o’simlik sifatida ekiladi. Agavaning sisal (Agave sisalana Perr) deb ataladigan turi jahonning ko’pgina tropik mamlakatlarida tolali o’simlik sifatida ekiladi. Uning tolasi juda pishiq bo’lib, turli maqsadlarda ishlatiladi.


