AGGLYUTINATIV TILLAR

AGGLYUTINATIV TILLAR (lotincha agglutino — qo’shilish) — so’z o’zagi yoki negiziga qo’shimchalar qo’shilishi (ulanishi) natijasida yangi so’zlar hosil bo’luvchi tillar. Agglyutinativ tillarda so’zning o’zak yoki asosini o’zgartmagan holda qo’shimchalar qo’shish bilan ma’lum so’z va shakl yasaladi, har bir qo’shimcha muayyan ma’no va vazifa bilan qatnashadi. Masalan, uchuvchilarimizga. Turkiy til (xususan, o’zbek tili), fin-ugor tillari Agglyutinativ tillar hisoblanadi.