Agglyutinatsiya nimani anglatishini bilasizmi

Agglyutinatsiya nimani anglatishini bilasizmi – (lotincha agglutination-yopishtirish) 1. Biologiya. Suyuqlik ichida muallaq suzib yuradigan zarrachalarning, masalan, qizil va oq qon tanachalari, mikroblar va shu kabilarning bir-biriga yopishib, qumoq-qumoq bo’lib cho’kishi. 2. Tilshunoslikda. So’z yasalishi yoki shakl (forma) yasalishi asosini o’zgartirmagan holda unga standart affikslarni qo’shish orqali so’z yoki shakl yasalishi. Agglyutinatsiyada har bir affiks faqat bir Grammatik ma’noga ega bo’ladi. Masalan, terimchilarimizga so’zidagi har bir qo’shimcha (im, -chi, -lar, (i)miz, -ga) o’ziga xos ma’no va vazifaga ega.

Добавить комментарий