AGIIN BOTIG’I

AGIIN BOTIG’I — Ustyurt platosining markazidagi botiq. Borsakelmas botig’ining shimoliy-g’arbida. O’rtacha balandligi 85 — 95 metrdan po metrgacha. Eng baland joyi 124 metr. Shimoldan Janubga 27 — 32 kilometr, sharqdan g’arbga 18 — 20 kilometrga cho’zilgan. Yer yuzasi bir oz qiya. Botiqning tubi sof sho’rxokdan iborat. Relefining balandroq joylari plato qoldiqlari, ular oralig’idagi pastqamchiklar esa sho’rxoklar bilan band. Do’ngliklarda qorasaksovul, pastqamliklarda sarisazan va shoxiloq o’sadi.