AGINSKOYE

AGINSKOYE — Rossiya Federatsiyasi Chita viloyatidagi shaharcha (1959 yildan), Aga Buryatlari Muxtor okrugining ma’muriy markazi. Aga daryosi (Amur havzasi) bo’yida, Mogoytuy temir yo’l stantsiyasidan 37 kilometr Janubiy- g’arbda. Aholisi 9,2 ming kishi. Moy, non zavodlari, pedagogika bilim yurti bor. Aginskoyega 1811 yilda asos solingan.