AGITATSIYA
AGITATSIYA (lotincha agitatio – harakatga keltirish, uyg’otish) — ommani siyosiy faollikka chorlash maqsadida ularning onggi va kayfiyatiga og’zaki, matbuot va ko’rgazmali qurollar orqali ta‘sir ko’rsatishdan iborat siyosiy faoliyat. Suhbatlar, mitinglar, gazeta va jurnallarda e‘lon qilingan maqolalar, radio, televidenie, kino va boshqa yerdagi chiqishlar Agitatsiya vositalari hisoblanadi.