AGONIK CHIZIQLAR

AGONIK CHIZIQLAR — yer shari ustida yer magnit maydonining og’ish burchagi nolga teng bo’lgan va yer magnetizmi kuchining gorizontal tashkil etuvchisi aynan shimoldan janubga yo’nalgan nuqtalarni birlashtiruvchi chiziqlar. Shimoliy magnit qutbidan boshlanadigan Agonik chiziqlardan biri Kanadani, AQShni va Janubiy Amerikani kesib o’tadi, boshqasi Finlyandiya, Rossiya Federatsiyasi Yevropa qismining sharqidan, Arabiston, Xitoy, Yaponiya, Sumatra orollari hamda G’arbiy Avstraliyadan Janubiy magnit qutbiga yo’nalgan. Agonik chiziqlar yer magnit maydonining o’rta holatdan chetlanishini ko’rsatadi.