AGONISTIKLAR
AGONISTIKLAR (Yunoncha birligi -agonistikas — kurashchan), tsirkum-tsellionlar— 4 — 5-asrlarda shimoliy Afrikadagi xristianlar sektasi. Asosiy qismini dehqonlar tashkil qilgan, dunyoviy ishlardan kul uzish, ijtimoiy tengsizlikka qarshi norozilik, rasmiy cherkovga nisbatan murosasizlik, asketizm va o’z-o’ziga azob berishni targ’ib qilish Agonistiklarga xos xususiyatlardir. Agonistiklar xususan Numidiyada 340 yilga yaqin kolonlar, qishloq kambag’allari va qullarning qo’zg’olonlariga rahbarlik qilgan.