Agora

Agora (yunoncha agora)-qadimgi yunonlarda xalq yig’ini, shuningdek, yig’in o’tkazilgan maydon. Maydon bo’ylab ibodatxonalar, davlat idoralari, savdo rastalari joylashgan. Ko’pincha shaharning ma’muriy va iqtisodiy markazi hisoblangan. Maydonda tartibni saqlash maqsadida mansabdor shaxslar: agoranomlar (tosh-taroxining to’g’riligini tekshirgan), sitofilaklar (non savdosi nazoratchilari) va boshqalar tayinlangan.