AGRESSIYA
AGRESSIYA (lot. agressio – hujum qilish), tajovuz — 1) bir davlat (davlatlar guruhi) tomonidan boshqa davlatning yoki xalqning (millatning) suvereniteti, hududiy daxlsizligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi BMT Ustavi nuqtai nazaridan g’ayriqonuniy bo’lgan har qanday kuch ishlatish. Agressiya harbiy, iqtisodiy, psihologik, g’oyaviy va h.k. bo’lishi mumkin. Agressiyani aniqlash BMT Bosh Assambleyasining 1974-yil 14 dekabrdagi rezolyusiyasida qabul qilingan. Agressiyaga uchragan davlat individual yoki jamoa tarzda o’z-o’zini himoya qilish huquqiga ega (BMT Nizomining 51-moddasi). Bunday holda davlatning harakatlari, agar u Agressiyani boshlovchi bo’lsa ham, oqlanadi. Hududni bosib olish yoki Agressiya tufayli erishilgan boshqa ijobiy harakatlar ham qonunga zid hisoblanadi. Agressiya ishlatilgan hollarda BMTning Xavfsizlik Kengashi ba’zi harbiy operatsiyalarni o’tkazish orqali harbiy choralarni ham qo’llashi mumkin (BMT qurolli kuchlari shun.,, BMTga a‘zo davlatlarning qurolli kuchlarini ishlatish). Agressiyaning eng xavfli ko‗rinishi qurolli kuch ishlatishdir; bir davlatning boshqa davlatga qurolli hujumi tinchlik va xalqlar xavfsizligiga qarshi og’ir xalqaro jinoyat hisoblanadi. BMT Bosh Assambleyasining 29-sessiyasida (1974) «Agressiyani belgilash to’g’risida»gi rezolyusiya yakdillik bilan ma‘qullagan. Unga ko’ra «Biror davlatning boshqa davlatning suvereniteti. Hududining daxlsizligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi qurolli kuch ishlatishi agressiyadir» deyilgan. BMT Nizomining 5-moddasiga muvofiq, agressiv urush eng og’ir xalqaro jinoyat hisoblanib, reparatsiyalar va restitutsiyalar shaklidagi xalqaro huquqiy va moddiy javobgarlikka olib keladi. Amalga oshirilish uslubiga ko’ra Agressiya bevosita va bilvosita bo’lishi mumkin. 2) kishilarning jamiyatda bahamjihat yashash me‘yorlari va qoidalariga zid bo‗lgan maqsadli destruktiv hatti-harakat, hujum qiluvchi (jonli va jonsiz) obyektlarga zarar yetkazuvchi, odamlarga jismoniy zarar keltiruvchi yoki ularda salbiy holatlarni uyg’otuvchi taranglik, qo’rquv, ezilganlik yoki xo’rlanganlik holati va boshqalar.