Agressor

Agressor (lotincha)-tajovuzkor, bosqinchi, agressiyaning aybdori, bostirib kirgan tomon; bosqinchilik urushini boshlovchi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustaviga xilof ravishda bir davlat tomonidan boshqa bir davlat yoki xalq (millat)ning suverenitetiga, territorial butunligi yoki siyosiy mustaqilligiga tahdid soluvchi har qanday qonunsiz kuch ishlatish Agressor deb ataladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 29-sessiyasi tomonidan (1974 yil) Agressor ta’rifining bir ovozdan qabul qilinishi SSSR boshliq sotsialistik hamdo’stlik mamlakatlari va tinchliksevar kuchlarning ulkan g’abasidir. Sessiyada agressiv urush va qurolli harakatlarning boshqa ko’rinishlari xalqaro tinchlikka qarshi jinoyat deb baholandi.