AGROIQLIM XARITASI

AGROIQLIM XARITASI – qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirish jarayonida iqlim sharoitlari va ularning o’zaro munosabatini ifodalovchi xarita. Agroiqlm xaritasida muayyan hududning agroiqlim majmuasi, ayrim ekinlarning ko’karishi uchun zarur iqlim sharoiti, qishloq xo’jaligida muhim ahamiyatga ega bo’lgan ayrim iqlim sharoiti, masalan, faol temperatura yig’indisi, tuproqdagi foydali nam miqdori; qishloq xo’jaligi uchun xavfli iqlim hodisalari, o’simlikning o’suv davri, qishloq xo’jaligi ishlarini o’tkazish muddatlari va boshqalar ko’rsatiladi.