Agrotexnologiya nimani anglatishini bilasizmi

Agrotexnologiya nimani anglatishini bilasizmi – har bir ekinni yetishtirish muayyan tadbirlar tizimi (yerni haydash, o’g’itlash, ariq-pushta olish, urug’, ko’chat ekish, sug’orish, parvarish qilish va hokazolar) asosida amalga oshiriladi. Ana shu tadbirlar majmui – ekinlarni yetishtirish agrotexnologiyasi deb ataladi. Agrotexnologiya tuproqqa ishlov berish, urug’likni ekishga tayyorlash, urug’larni ekish, ko’chatlarni o’tqazish, ularni parvarishlash, begona o’tlarga, o’simliklar kasalliklariga, zararkundalariga qarshi kurashni, hosilni yig’ishtirib olishni, shuningdek, ekinlarni almashlab ekish (o’tmishdosh ekinlarni to’g’ri tanlash) va boshqalarni o’z ichiga oladi.

Добавить комментарий