Ahmadali Asqarov (1935)
Ahmadali Asqarov (1935.25.9, Namangan viloyati, Uchtepa qishlog‘i) —arxeolog-tarixchi olim. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1987), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1995), tarix fanlari doktori (1978), professor (1990).
Toshkent davlat pedagogika institutini tugatgan (1957), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti direktori (1970— 80; 1983-87), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutining direktori (1991— 95), Akademiyaning tarix, tilshunoslik va adabiyotshunoslik bo‘limining akademigi-kotibi (1987-92), raisi (1994-98) bo‘lib ishlagan.
Asosiy ilmiy ishlari O‘rta Osiyoda saqlanib qolgan moddiy-madaniyat yodgorliklarini ochish va ularda arxeologik tadqiqotlar o‘tkazish yo‘li bilan O‘zbekiston tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan.
O‘zbekiston Respublikasi xalq deputati (1990—95). Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1985).