AHMADNAGAR
AHMADNAGAR — Hindiston g’arbidagi shahar, Maharashtra shtatida. Sina daryosi sohilida. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 200 mingdan ziyod (1990). Paxta tozalash, ipgazlama, trikotaj, ko’n-teri sanoati korxonalari bor. Shaharga Bag’maniylar sultonining voliysi Malik Ahmad tomonidan 1494 yil asos solingan va Ahmadnagar davlatining poytaxti, 1636 yildan Boburiylar saltanati tarkibida bo’lgan.
AHMADNAGAR — dekan (Markaziy Hindiston) da inqirozga yuz tutgan Bahmaniylar sultonligi xarobalari o’rnida vujudga kelgan o’rta asr hind davlati. 1490 yilda Bahmaniy davlatining Junnor viloyatidagi noibi Malik Ahmad o’zini Nizomshoh unvoni bilan mustaqil hukmdor deb e’lon qilgan. Ahmadnagar shahri (1494 yil asos solingan) Ahmadnagar davlatining poytaxti bo’lgan. 16-asr oxiri — 17 — asr boshida Ahmadnagar Boburiylar bilan uzoq urushlar olib borgan. 1636 yil Ahmadnagarni Shoh Jahon butunlay egallab, o’g’li Avrangzebni Dekanga noib etib tayinlagan.