AHOLINI IJTIMOIY HIMOYALASH

AHOLINI IJTIMOIY HIMOYALASH — aholini bozori iqtisodiyotining salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlaridan asrash, shu oqibatlarning aholi ahvoliga tasirini yumshatishdir. Aholining eng kam daromadga ega bo’lgan tabaqalari, ya’ni eng qiyin ahvolga tushib qolgan odamlarga amaliy yordam ко‘rsatish ijtimoiy himoyalash tizimining asosiy yo’nalishi hisoblanadi. Shu maqsadda pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va ish haqining miqdori ancha oshiriladi. Vaqtincha ish bilan ta’minlanmagan shaxslarga ijtimoiy madad berishga katta e’tibor qaratilib, ularga maxsus nafaqa to’lanadi, ulami qayta о‘qitish va yangi kasblarga o’rgatish tashkil etiladi. Bozor munosabatlarini shakllantirishning yangi bosqichida ham aholining ijtimoiy jihatdan eng muhtoj tabaqalari va guruhlarini qo’llab-quvvatlash avvalgidek ijtimoiy siyosatning ustuvor yo’nalishi bo’lib qolaveradi.