AJIOTAJ TALAB

AJIOTAJ TALAB — bozordagi shov-shuv va vahima ta’siri ostida sun’iy paydo bo’ladigan hamda shiddat bilan ortib boradigan talab. Ajiotaj talab odatdagi normal holatga nisbatan ortiq talab hisoblanadi. Bunday talab bir tomondan, aholi orasida mish-mishlar tarqatish va reklama vositasida muayyan tovarlarga o’ta ortiqcha baho berish orqali iste’molchi psixologiyasiga ta’sir etish yo’li bilan, ikkinchi tomondan, tovarlarga bo’lgan g’oyat katta qiziqish, qimmatchilik, qahatchilik, har xil shov-shuvlar ta’sirida puldan tezroq qutulish va tovar zaxirasini ko’paytirishga intilish oqibatida yuzaga keladi.