AKITA

AKITA — Yaponiyadagi shahar, Xonsyu orolining shimoli-g’arbida, Omono daryosi etagida; Akita prefekturasining ma’muriy markazi. Aholisi 304 ming (1991). Temir yo’l stantsiyasi; neft-kimyo, yog’ochsozlik, rangli metallurgiya, hunarmandchilik korxonalari bor. Ipak gazlamalar ishlab chiqariladi. Yog’och-taxta, neft mahsulotlari, sholi eksport qilinadi. Univesitet bor. Akita 8 — asrda qurilgan.