AKKREDITIV

AKKREDITIV (lotincha accredo — ishonaman) — 1) naqd pulsiz hisobkitoblar olib boriladigan bank hisob varag’i; 2) tomonlar o’rtasida tuzilgan shartno-maga ko’ra amalga oshiriladigan o’zaro hisob kitob turi. Unda qarz beruvchi (kreditor) o’ziga tegishli to’lovlarni Akkreditiv topshirig’ida ko’zda tutilgan shartlar va muddatlarda tegishli bank orqali olib turadi; 3) nomiga yozib berilgan shaxsga kredit muassasasidan ko’rsatilgan summani olish huquqini tasdiqlovchi qimmatbaho qog’oz. Bundan tashqari Akkreditivlar turli shaharlarda joylashgan korxonalarning mulkiy munosabatlarida (jo’natilgan mahsulotlar uchun tovar-transport hujjatlari asosida haq to’lash), xalqaro hisobkitoblarda (ayniqsa, mamlakatlararo eksport-import munosabatlarida) keng qo’llaniladi.