AKRILAT KAUCHUKLAR

AKRILAT KAUCHUKLAR – akril monomerlarining akrilatlar bilan hosil qilgan sopolimerlari. Bular oltingugurt, aminlar, benzoil peroksid bilan choklanib (vulkanizatsiyalanib) akril rezi pasi hosil qiladi. Akrilat kaucuklar 200° temperaturada ham parchalanmaydi. Hozirgi vaqtda ftor Akrilat kauchuklar katta ahamiyat kasb etmoqda. Akrilat kauchuklarga moy, benzin, kerosin kabi erituvchilar ta’sir qilmaydi. Ulardan shlang, quvur va boshqalar tayyorlanadi.