Akrostix nima?
Sizga tag’in bir so’z o’yinini havola etamiz. U akrostix yozilishi bilan bog’langan. Bu so’z yunonchadan kelib chiqqan—akrostichis—o’zimizdagi muvashshaq. Yuqoridan pastga qarab o’qilgan she’r misralarining bosh harfi so’z yoki jumlani tarkib toptiradi. Shu tarzda, ko’pincha muallifni yoki she’r bag’ishlanganning nomini yashirishgan. Akrostixdan tashqari, misralarining oxirgi harflari muayyan so’zni shakllantiradigan — telestix, shuningdek muammoga aylantirilgan so’z qaygadir she’rning o’rtasida yuritiladigan — mesostix borligi ham ma’lum. Ammo ular ancha kam tarqalgan. Akrostix matnning namoyon idrok etilishiga mo’ljallangan. Tadqiqotchilar u vujudga kelgan davrni turlicha belgilaydilar. Birlari u sohirona matnlardan dunyoga kelgan desa, boshqalari uni sof she’riy janr deb hisoblaydi. Uning ixtiro etilishini shoir Epixarmga (taxminan miloddan avvalgi 540-450 y.y.) tan bilishadi. Akrostix ayniqsa aleksandriyalik va vizantiyalik shoirlar orasida keng ommalashgan, o’rta asrlarda va barokko davrida gullab-yashnagan. Rus she’riyatida akrostix xususan Patriarx Nikonning maslakdoshlari bo’lgan rohib shoirlar orasida keng tarqalgan edi. Ularning she’rlari qo’lyozma qo’shiq kitoblari orqali XVII— XVIII asrlarda ommalashadi. Masalan, dong’i ketgan akrostix ustasi bo’lmish 1682 yilda vafot etgan ieromonax German har bir akrostixda o’z ismini muammolagan edi. XVII asrda yashagan taniqli rus shoiri Simeon Poloskiy ko’plab akrostixlar ijod qilgan. XIX asrda ham akrostix rus she’riyatida umrini davom ettirdi. Mazmuniga asosan muayyan shaxslarga murojaat singdirilgan yetarli darajada ko’p akrostixlar borligi ma’lum. Akrostixdan maxfiy yozishma turlaridan biri sifatida ham foydalanilgan. Tsenzurani chalg’itish zarur bo’lgan paytlarda, masalan, mazmuniga ko’ra keskin she’rning muallifi yoki she’r bag’ishlanganning nomini o’quvchilarga bildirish uchun uni qo’llashgan. Simvodist — ramzparvar shoirlarning she’rlarida ham bir talay akrostixlarni topish mumkin. Ular bizga rus albom lirikasi an’analaridan darak beradi. M. Kuzminning «Valeriy Bryusovga» akrostixi mashhur murojaatnoma — sonetlardan biri sanaladi.