AKSIONERLIK JAMIYATI

AKSIONERLIK JAMIYATI — xo’jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri. Uning kapitali aksiyalarni joylashtirish orqali shakllanadi. Aksionerlik jamiyatlari pul jamg’ar malar ining ishlab chiqarish investitsiyalariga aylanishiga imkon beradi. Aksiyalarni chiqarish kapitalni mobilizatsiya (jalb) qilishning eng samarali shakllaridan biridir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda bu korxonalar faoliyat ko’rsatishining asosiy tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanadi.