AKSIYA NAZORAT PAKETI
AKSIYA NAZORAT PAKETI — aksiya egasiga aksionerlik jamiyatida hukmronlikni ta’minlaydigan aksiya miqdori; chiqarilgan aksiyalarning umumiy summasida bir shaxs, kompaniya yoki davlatning yirik hissasi. Aksionerlik jamiyatining yig’ilishida hal qiluvchi ovozga ega bo’lish huquqini beradi.