AKTINIY

AKTINIY (lotincha actinium, Yunoncha aktinos — nur), Asosan — Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy radioaktiv element. Tartib raqami 89, at.m. 227, 0278; yer po’stining otirlik jihatdan qismini tashkil etadi, 1899 yilda frantsuz kimyogari A. Debern uran rudasi chiqindilarini nurlantirish paytida kashf etgan. Uning 10 izotopi ma’lum: As2 (yarim yemirilish davri 21,8 yil), As228 (yarim yemirilish davri 6,13 soat), As225 (yarim yemirilish davri 10 kun). Aktiniy kumush rang metall; suyuqlanish temperaturasi 1040°, kimyoviy xossalari jihatidan lantanga o’xshaydi. U 3 valentli, havoda tez oksidlanadi, xlorid va nitrat kislotalarda eriydi. Toza Aktiniyni-yadroviy jarayonlar yordamida olish qulay. Radiyni atom reaktorida neytronlar yordamida nurlantirish yo’li bilan ko’p miqdorda Aktiniy olish mumkin.