AKTINOBASILLYOZ

AKTINOBASILLYOZ, soxta aktinomikoz — hayvonlarda Actinobacillus lignelressi mikroorganizmi qo’zg’atadigan kasallik. Lifmatik bo’g’imlarda, kallaning yumshoq to’qimalarida (til, lab), bo’yin, ba’zan ichki a’zolarda abssesslar hosil qilish bilan kechadi. Kasallik qo’zg’atuvchi hayvon organizmiga shikastlangan teri yoki og’iz bo’shlig’ining shilliq pardasi orqali (ozuqa bilan) kiradi. Aktinobasillyozni chorva mollarining leykoz kasalligidan farqlamoq kerak. Kamdankam hollarda kasal qayvondan odamga yuqadi. Davosi, oldini olish va qarshi kurash choralari aktinomikoz maqolasida berilgan.