AKTIV
AKTIV — atamasi lotincha faoliyatli, amal qilish, mavjud bo’lish degan so’zlardan kelib chiqqan. Shuning uchun aktiv deganda mablag’lar qanday amal qilayotganligi va ishlayotganligini ko’rsatuvchi mablag’lar guruhlanishini tushunish kerak. Aktivlar oldingi amalga oshirilgan muammolar yoki oldin sodir bo’lgan voqealar natijasida korxonaga kelib tushgan va ular kelajakda foyda keltiradigan iqtisodiy resurslardir. Aktivlar uch xil xususiyatga ega bo’lishi kerak: a) kelajakdagi iqtisodiy nafhing o’zida mujassamlanishi, bevosita va bilvosita pul mablag’lari yoki ularning ekvivalentlarini ko’paytirish imkoniyati; b) bu iqtisodiy naflarni nazorat qilish qobiliyatini mujassamlash; v) oldingi bitimlar yoki boshqa voqealar natijasi bo’lishi. Aktiv buxgalteriya balansining bir qismi bo’lib, ma’lum bir muddatga subyekt mablag’larining tarkibi va joylanishini pul ko’rinishida aks ettiradi. Bundan tashqari, balansning passiv qismi ham mavjud bo’lib, aktiv va passiv tomonlar bo’lim va moddalardan iborat. Aktiv tomonining jami summasi passiv tomoni summasi bilan teng bo’lishi lozim. Buni shunday tushuntirish mumkinki, yani aktiv tomonidagi mablag’lar manbalari balansning passiv tomonida joylashgan.