AKTIV-FAOL SIYOSIY MADANIYAT

AKTIV-FAOL SIYOSIY MADANIYAT — yoki siyosatda ishtirok etish madaniyati individlarni jamiyat siyosiy hayotiga faol kirib borishlari, unda maqsadga muvofiq ongli faoliyat ko‗rsatishlari, jamiyat kelajagi-istiqbolini oldindan ko‗ra bilish va nazariy-amaliy tahlil qilish bilan ajralib turadi. Bunday kishilar o’z manfaatlarini saylovlar, manfaatlar guruhlari, siyosiy partiyalar orqali siyosiy qarorlarga kiritish va bajarilishiga erishadilar. Shuning bilan bir vaqtda ular harakatdagi qonunlarni hurmat qiladilar, ularga so’zsiz bo’ysunadilar.