AKTSEPT
AKTSEPT (lotincha acceptus — qabul qilingan) — 1) fuqarolik huquqida taklifda (ofertada) ko’rsatilgan shartlarda shartnoma tuzishga rozilik bildirish; xalqaro huquqda shartnoma shartlari bilan bog’langanlik to’g’risida bir tomonlama ariza; 2) naqd pulsiz olib boriladigan hisob-kitobning asosiy shakli; tovarlar, xizmatlar, bajarilgan ishlar xaqini taqdim etilgan to’lov talabnomasiga muvofiq to’lashga rozilik yoki to’lashni kafolatlash. Mahsulot (xizmat) yetkazib beruvchi tomonidan to’lov talabnomasi yozilib, to’lov summasini xaridor hisob varag’idan o’z hisob varagiga o’tkazish uchun bankka taqdim etiladi. Bankda to’lov talabnomasini qondirish to’lovchi Aktsept (roziligi) bilan o’tkaziladi. Belgilangan qoidaga ko’ra to’lovchi talabni Aktsent qilishi yoki yozma ravishda rad etishi mumkin. Aktsentni asossiz rad etgan to’lovchi yetkazib beruvchi hisobiga jarima to’laydi.