AKTSEPTOR ARALASHMA
AKTSEPTOR ARALASHMA — yarimo’tkazgich kristali tarkibidagi atomlari aktseptor bo’lgan begona kimyoviy element. Bor, alyuminiy, galliy, indiy elementlarining atomlari yarimo’tkazgichlar — germaniy va kremniy kristallari tarkibida ishtirok qilganda Akseptor aralashma hosil bo’lib, yarimo’tkazgichlarning xossalari o’zgaradi. Akseptor aralashmani belgilovchi muhim fizik kattaliklardan biri ularning ionlanish energiyasidir.